Portugaliya va Shotlandiya "Match TV" bilan hamkorlikni to'xtatdi

Оқил Абдубарноев
11 mar 2022
Portugaliya va Shotlandiya chempionatlari o'yinlari vaqtinchalik "Match TV" telekanalida ko'rsatilmaydi.

Telekanalning bosh prodyuseri Aleksandr Tashinning aytishicha, ushbu futbol ligalari teleko'rsatuvlar bo'yicha mavjud shartnomalar to'xtatilgani haqida "Match TV" telekanaliga xabar berishgan.

Mart oyi boshida Fransiya professional futbol ligasi Rossiyaning "Match TV" telekanali bilan shartnomani to'xtatganini ma'lum qilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Матч ТВ