Portugaliya TJ a'zosi: “Millatlar Ligasini o'ylashga vaqtimiz yo'q, bor e'tiborimizni Jahon chempionatiga qaratganmiz”

Eldor Akmurzayev
28 sen 2022
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ruben Nevesh Millatlar Ligasi 6-turida Ispaniyaga uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ispaniya to'pni nazorat qilishini bilardik. Shuningdek, to'p nazoratini o'z qo'limizga olishga qodirligimizni ham bilardik. Biroq, dastlabki 15 daqiqalikda yaxshi pressing qilolmadik. Keyin esa bahsga kirishib ketdik, uchrashuvni nazorat qildik, ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo oxirgi daqiqalarda juda passiv harakat qildik va gol o'tkazib yubordik. Bizda fantastik ishtiyoq bor edi, oxirigacha kurashdik.

Hozir bu musobaqa haqida o'ylashga vaqt yo'q. Endi bor e'tiborimizni jahon chempionatiga qaratamiz”, deydi Nevesh.

Eslatib o'tamiz, portugaliyaliklarga bo'lajak mundial guruh bosqichida Urugvay, Gana hamda J.Koreya raqiblik qiladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA