Portugaliya terma jamoasi Daniyaga qarshi uchrashuvlar uchun qaydnomasini e'lon qildi

Khoja
15 mar 2025
Portugaliya milliy jamoasining mart oyidagi o'yinlarga jalb etilgan tarkibi e'lon qilindi.

Roberto Martines boshqaruvidagi portugallar 20 va 23 mart kunlari Millatlar ligasi 1/4 finalida Daniyaga qarshi bahs olib boradi.

Darvozabonlar: Diogu Koshta (Portu), Ruy Silva (Sporting), Joze Sa (Vulverhempton). 

Himoyachilar: Diogu Dalot (Manchester Yunayted), Nelson Semedu (Vulverhempton), Nunu Mendesh (PSJ), Nunu Tavaresh (Lacio), Gonsalu Inasiu (Sporting), Ruben Diash (Manchester Siti), Antoniu Silva (Benfika), Renatu Veyga (Yuventus). 

Yarim himoyachilar: Joau Palinya (Bavariya), Ruben Nevesh (Al Hilol), Joau Nevesh (PSJ), Vitinya (PSJ), Brunu Fernandesh (Manchester Yunayted), Bernardu Silva (Manchester Siti), Joau Feliks (Milan). 

Hujumchilar: Fransishku Trinkau (Sporting), Fransishku Konseysau (Yuventus), Pedru Netu (Chelsi), Jeovani Kenda (Sporting), Rafael Leau (Milan), Diogu Jota (Liverpul), Gonsalu Ramush (PSJ), Krishtianu Ronaldu (Al Nascr).


KhojaMuallif
Manba: championat.com