Portugaliya. "Portu" 0:2dan qutulib qoldi, Mehdi Taremi va Rikardo Kuarejma bu tur gol urdi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2021
Kecha Portugaliya chempionatida 19-tur o'yinlari davom ettirildi.

"Portu" o'z maydonida "Boavishta"ni qabul qildi va birinchi taymda 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Tanaffusdan so'ng Mehdi Taremi va Serjiu Oliveyraning gollari evaziga hisob tenglashdi - 2:2. Uchrashuvning 85-daqiqasida Oliveyra penaltidan gol urganida "Portu" g'alaba qozonib ketishi ham mumkin edi. 

"Gimaraynsh" esa o'z uyida "Riu Ave"ga 1:3 hisobida yutqazdi. Mezbonlar safida Rikardo Kuarejma gol urishga erishdi. E'tiborlisi Kuarejma dastlab penaltidan gol ura olmadi.


Nasonal - Farense - 2:3 (0:0)
Gollar:
Andre Pintu, 51 (0:1). Gold, 62 (0:2). Vigariu, 68 (1:2). Mendesh, 83 (2:2). Mendesh, 86 - avtogol (2:3).




Gimaraynsh - Riu Ave - 1:3 (0:2)
Gollar
: Karlush Mane, 23 (0:1). Kamashu, 32 (0:2). Rikardo Kuarejma, 70 (1:2). Dala, 74 (1:3).
Amalga oshirilmagan penalti: Kuarejma, 70 (darvozabon).




Portu - Boavishta - 2:2 (0:2)
Gollar:
Poroso, 8 (0:1). Elis, 45+1 (0:2). Taremi, 54 (1:2). Serjiu Oliveyra, 82 - penalti (2:2).

Amalga oshirilmagan penalti: Serjiu Oliveyra, 85 (ustun).









Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar