Portugaliya murabbiyi: "Armaniston terma jamoasining kelajagi bor"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2015
Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Ilidiu Vale Armanistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"O'yin juda qiyin bo'ldi. Uchrashuv Armaniston terma jamoasining kelajagi borligini isbotladi. Biz uchun esa asosiysi g'alaba edi. Futbolchilardan minnatdorman"- deydi Vale.

Turnir jadvali: 1. Portugaliya - 12 ochko (5 o'yin); 2. Daniya - 10 (5); 3. Albaniya - 7 (4); 4. Serbiya - 1 (5); 5. Armaniston - 1 (5).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com