Portugaliya futboli yulduzlari "Shon-sharaf" zaliga kiritildi

Khoja
11 sen 2025
Kecha Portugaliya futbolida 2024/25-yilgi mavsum yakuniga bag'ishlangan Liga Portugal mukofotlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Portugaliya futboli afsonalari Luish Nani va Rikardu Kuarejma "Shon-sharaf" zaliga kiritilganliklari rasman e'lon qilindi.

"Kuarejma va Nanini "Shon-sharaf" zaliga kirganliklari bilan tabriklaymiz", - deb fikr bildirilgan liga matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.

Ma'lumot uchun, Rikardu Kuarejma futbolchilik faoliyatini 2022 yilda yakunlagan. U Portugaliya termasi safida 80 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va yana 24 ta golga assist bo'lgan. U terma safida 2016 yilda Yevropa chempionligini qo'lga kiritgan.

Luish Nani esa faoliyatini o'tgan yili yakunladi. U Portugaliya termasi libosida jami 111 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 24 tadan gol va assist bor. U ham 2016 yilgi Yevropa chempionatida Portugaliya safida g'alaba qozongan.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru