Portugaliya chempionati qachon davom ettirilishi ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
23 may 2020
Iyun oyining boshida Portugaliya chempionati 25-tur o'yinlari bilan qayta tiklanadi.

3 iyun kuni "Portimonense" – "Jil Visente" va "Famalikan" – "Portu" o'yinlari o'tkaziladi.

25-tur o'yinlari 7 iyunga qadar davom etadi.

Chempionat mart oyi o'rtalarida koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgandi. 24 turdan so'ng, "Portu" peshqadam bo'lib turgan bo'lsa, "Benfika" ikkinchi o'rinni band etib turibdi.

Portugaliya chempionati turnir jadvali


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ligaportugal.pt