Portugaliya chempionati. “Benfika” 4 ta gol urib, g'alaba qozondi

26 fev 2019, 07:50
Portugaliya chempionatining 23-turidan o'rin olgan yana bitta bellashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Benfika” jamoasi “Shavish” klubini o'z maydonida qabul qilib, 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Rafael Silva, Joau Sekeyra, Xaris Seferovich va Jona mualliflik qildi. Bu “Benfika” uchun chempionatdagi so'nggi 8 ta uchrashuvdagi ketma-ket qo'lga kiritilgan g'alaba bo'ldi. 23-turdan so'ng “Benfika” musobaqa jadvalida “Portu”dan 1 ochko kam to'plagan holda, 56 ochko bilan 2-o'rinda bormqoda. “Shavish” esa 19 ochko bilan 17-o'rinni band etib turibdi.

“Benfika” - “Shavish” 4:0
Gollar: Silva, 19 (1:0); Sekeyra, 37 (2:0); Seferovich, 43 (3:0); Jonas, 90 (4:0).


Manba: Championat.asia