

Ronaldu 2 va 4-daqiqada dublga erishdi. 47-daqiqada Jozep Gomes Moreyra darvozasini uchinchi bor ishg'ol qildi, 68-daqiqada to'p kiritib terma jamoadagi birinchi pokerini qayd etdi.
Futbolchi Real safida 7 marta pokerga erishgan.
Andorraga qarshi o'yin Ronaldu uchun Evro-2016 finalidan keyingi terma jamoadagi birinchi o'yin bo'ldi.



