Pogrebnyak Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi a'zosiga aylandi

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2020
Rossiyalik 27 yoshli hujumchi Kirill Pogrebnyak Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan shartnoma imzoladi.

1 yanvar kuni Falkenbergni (Shvetsiya) erkin agent sifatida tark etgan Kirill “temiryo'lchilar” safiga kelib qo'shilgan. 

U Rossiya terma jamoasining sobiq a'zosi Pavel Pogrebnyakning ukasi hisoblanadi. 2018 yil Kirillning egizagi Nikolay ham poytaxt jamoasi tarkibida harakat qilib, 2ta o'yinda maydonga tushgandi. 

Eslatib o'tamiz, Kirill Pogrebnyak Falkenbergdan tashqari, “Tom”, “Fakel” (Voronej), “Zenit-2” hamda “Baltika” kabi Rossiya klublari sharafini himoya qilgan. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.com