Pogbaning akasi Polning hali ham "Real"ga o'tishi mumkinligini aytdi

Alisher
5 yanv 2021
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning akasi Matias ukasining "Real"ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Albatta, Florentino Peres hali ham Polni jamoaga olib kelishi mumkin, hayotda imkonsiz narsaning o'zi yo'q.

Men sizga u "Yunayted"da qoladi deb ishontirib gapira olmayman. Biz uning "Real"ga o'tishni xohlashini bilamiz, ammo u aybdor emas.

Pol kutmoqda. U yurakdan ishlamoqda va ko'ramiz, nima bo'larkan", - deydi Matias Pogba.


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito