Pogba qachon maydonga qaytadi?

Alisher
20 fev 2020
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogbaning qachon to'liq tiklanishini bilmasligini aytdi.

Fransiyalik futbolchi dekabr oxiridan beri maydonga tushmadi. Hozirgi paytda u jarrohlik amaliyotidan so'ng, individual tiklanish kursini o'tamoqda.

"Pol hali jamoaviy mashg'ulotlarda qatnashmadi. Bu uning o'ziga, o'yinga tayyorligini his qilganiga bog'liq", - dedi Sulsher.

Pogba turli xil jarohatlar tufayli joriy mavsum "Manchester Yunayted" uchun barcha turnirlarda atigi 8ta o'yin o'tkazdi.

Avvalroq, bazi manbalar, shu jumladan, futbolchining agenti Mino Rayola va uning akasi Mate mavsum oxirida ukasi hozirgi klubini o'zgartirishi mumkinligini tan oldi.


AlisherMuallif
Manba: Goal.com