

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik tonggi mashg'ulotda boshqa futbolchilar bilan birga Mourinyuning iste'fosidan xursand bo'lgan va quyidagi so'zlarni aytgan ekan: "U meni ahmoqqa chiqarib, muxlislarni menga qarshi qayray olaman deb o'ylagan edi. Mourinyu adashdi".
O'sha paytda bosh murabbiy vazifasini vaqtincha egallab turgan Mayk Kerrik futbolchilarga klub har qanday o'yinchidan muhimligini va "Yunayted" jamoaga mos kelmaydigan futbolchidan qutila olishini aytdi.



