Pogba Fransiya terma jamoasi futbolchilariga maxsus uzuklar sovg'a qildi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019, 16:06
Fransiya terma jamoasi futbolchilari Rossiyada o'tkazilgan jahon chempionatidagi g'alaba uchun maxsus sovg'alar olishdi.

Antuan Grizmann va Pol Pogba g'oyasi bilan futbolchilar uchun maxsus uzuklar yasaldi. Bu ikki futbolchi NBA (Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi) muxlisi hisoblanishadi, u yerda g'oliblarga chempionlik uzuklari topshiriladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, uzuklar tayyorlanishiga Pogba homiylik qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru