Podolski “Oltin to'p” haqida: “Natijaga tupurdim. Tanlov siyosat bilan bog'liq”

Eldor Akmurzayev
2 noya 2021
Germaniya TJ sobiq forvardi va hozirda Polshaning "Gurnik Zabje" jamoasida o'ynayotgan Lukas Podolski “Oltin to'p” haqida fikr bildirdi.

“Natijaga tupurdim. Bu har doim ham adolatli bo'lmaydi. Tanlov siyosat bilan hamda u yoki bu g'olibning qanday ko'rinishdaliga bog'liq.

O'ylashimcha, poziciyalar bo'yicha eng yaxshilarni tanlash kerak. Dunyoning eng zo'ri – bunday solishtiruv bo'lmaydi”, deydi Podolski.

Eslatib o'tamiz, “Oltin to'p-2021” taqdirlash marosimi 29 noyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bild