Podolski Izmir aholisini qo'llab-quvvatladi

30 oktyabr kuni Turkiyaning g'arbida (6,6 balli) zilzila yuz berdi. Zilzilaning epidemarkazi Izmir viloyatining Seferlixisar shahri atrofida joylashgan.

Shundan keyin taniqli germaniyalik hujumchi Lukas Podolski Izmir aholini qo'llab-quvvatladi. Ayni paytda Turkiya chempionati vakili bo'lgan "Antalyaspor" klubi sharafini himoya qilayotgan 35 yoshli forvard o'zining Twitter'dagi sahifasiga shunday yozdi (turk tilida):

"Barcha yaradorlarga shifo bersin. Vafot etganlarga Allohdan rahmat tilayman".

Ma'lumot uchun, Podolski Antalya jamoasi tarkibiga joriy yilning yanvar oyida Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubidan kelib qo'shilgan edi.


Manba: twitter.com/Podolski10