Plyaj futboli: Baxtiyor Namozov Malayziyadagi xalqaro turnirdan taklif oldi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2014
Plyaj futboli bo'yicha FIFA referisi Baxtiyor Namozov Malayziya Futbol Federatsiyasi taklifiga ko'ra ASEAN mintaqasi terma jamoalari ishtirokidagi xalqaro turnir o'yinlarini boshqarib boradi.
23-29 oktyabr kunlari Malayziyaning Kuantan va Paxang shaharlarida plyaj futboli bo'yicha ASEAN mintaqasi terma jamoalari va mahalliy Felda klubi ishtirokida xalqaro turnir bo'lib o'tadi. E'tiborlisi, mazkur turnir o'yinlarini boshqarib borish uchun, plyaj futboli bo'yicha o'zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov Malayziya Futbol Federatsiyasidan taklif olgan.

Ma'lumot o'rnida, mazkur turnirda jami 8ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan. "A" guruhida Indoneziya, Tailand, Vetnam va mahalliy Felda klubi o'zaro kuch sinashishsa, V guruhida Myanma, Laos, Filippin va Malayziya termalari o'zaro bahs olib borishadi.

Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo'yicha o'zbekistonlik yagona FIFA referisi hisoblanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com