Plyaj futboli. Ahad Yusupov: "Terma jamoada yangi nomlar ko'p"

Tolibjon Qosimov
14 noya 2014
Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi sohil sport turlari bo'yicha IX Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun Tailandning Pxuket shahriga yetib bordi.
Shu munosabat bilan terma jamoamiz bosh murabbiyi Ahad Yusupovdan fikr oldik.

- Dubayda o'tkazilgan yig'indan keyin terma jamoa holatini qanday baholaysiz?
- Yig'in ko'ngildagidek o'tdi, o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlaridan ko'nglim to'ldi. Lekin darvozabonlar bilan ishlash kerak. Shu chiziqda jiddiy muammolarimiz bor. Bundan tashqari, bir qator yangi nomlar kashf qilinmoqda desam mubolag'a bo'lmaydi.

- Qur'a natijasi haqida nima deya olasiz?
- Hammasini vaqt va o'yinlar ko'rsatadi. Jamoada yangi nomlar ko'p, tajribali o'yinchilarimizdan bo'lgan Javlon Anorov hamda Furqat Azizovlar kutilmaganda jarohat olib Toshkentda qolishdi. Guruhdagi ilk o'yinni ertaga 12:30 da Xitoy terma jamoasiga qarshi o'tkazamiz, hozircha yomg'irni hisobga olmaganda hammasi yaxshi.

Kamoliddin Alimov yozib oldi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia