Plyaj futboli: O'zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 51-o'rindan joy oldi

Narzulla Saydullayev
29 dek 2016
Plyaj futboli bo'yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e'lon qilindi. Unga ko'ra, O'zbekiston plyaj terma jamoasi jahon reytingida 51-o'rindan joy oldi.

O'zbekiston terma jamoasi hisobida 203 ochko mavjud. Osiyo qitasi terma jamoalari orasida O'zbekiston hamon 10-o'rinni egallab turibdi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo mamlakatlar reytingida katta o'zgarishlar yuz bermadi. Eron termasi 1785 ochko bilan hamon yetakchilik qilayotgan bo'lsa, Yaponiya (1267) va Ummon (1037) kuchli uchlikdan joy olgan.  

OFKga a'zo mamlakatlar reytingining kuchli o'nligi quyidagicha ko'rinish olgan:

1 (5). Eron – 1785 ochko

2 (8). Yaponiya – 1267 ochko

3 (11). Ummon – 1037 ochko

4 (18). BAA – 881 ochko

5 (24). Livan – 581 ochko

6 (39). Xitoy – 370 ochko

7 (31). Tailand – 364 ochko

8 (43). Vetnam – 308 ochko

9 (48). Bahrayn – 219 ochko

10 (51). O'zbekiston – 203 ochko

Plyaj futbol bo'yicha jahon reytingini 3477 ochko bilan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog'ona Rossiya (3204) terma jamoasiga tegishli bo'lsa, Braziliya (2800) termasi kuchli uchlikni yakunlagan.

Ma'lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil yanvar oyidan 2016 yil dekabr oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com