Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston termasi jahon reytingida 62-pog'onani saqlab qoldi

Narzulla Saydullayev
6 may 2017
Plyaj futboli bo'yicha mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingi e'lon qilindi. O'zbekiston terma jamoasi 169 ochko bilan jahon reytingida 62-pog'onani saqlab qoldi.

Osiyo mintaqasi terma jamoalari orasida O'zbekiston termasi hamon 12-o'rinda bormoqda. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo mamlakatlar reytingida  Eron termasi 2199 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo'lsa, Yaponiya (1544) va BAA (1160) kuchli uchlikka kirdi.

OFKga a'zo mamlakatlar reytingining dastlabki 15 pog'onasi quyidagicha ko'rinish olgan:

1 (5). Eron – 2199 ochko

2 (8). Yaponiya – 1544 ochko

3 (11). BAA – 1150 ochko

4 (13). Ummon – 1108 ochko

5 (20). Livan – 751 ochko

6 (37). Tailand – 460 ochko

7 (40). Xitoy – 375 ochko

8 (43). Bahrayn – 329 ochko

9 (46). Vetnam – 296 ochko

10 (54). Afg'oniston – 243 ochko

11 (59). Qatar – 172 ochko

12 (62). O'zbekiston – 169 ochko

13 (71). Malayziya – 102 ochko

14 (76). Iroq – 96 ochko

15 (83). Laos – 76 ochko

Izoh: Qavs ichida terma jamoalarning dunyo reytingidagi o'rni ko'rsatilgan

Plyaj futbol bo'yicha jahon reytingini 3440 ochko bilan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog'ona Rossiya (3204) terma jamoasiga tegishli bo'lsa, Braziliya (2995) termasi kuchli uchlikka yakun yasagan.

Ma'lumot uchun, mazkur reytingni tuzishda terma jamoalarning 2013 yil may oyidan 2017 yil aprel oyiga qadar qayd etgan natijalari hisobga olingan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com