

"Andijon" bilan o'zaro o'yinlardagi ustunlik tufayli "lochinlar" o'tish o'yinida ishtirok etishgan va pley-offda "Norin" dog'da qoldirilgan edi. "Namangan" klubining o'sha mavsumdagi eng yirik g'alabasi "Qo'qon-1912" bilan bahsga to'g'ri keladi (5:1).

Jamoa sardorlari Xayrulla Karimov va Aziz To'xtaboev uchrashuvni boshqaradigan hakam Ilgiz Tantashev bilan to'pni kim o'yinga kiritishiga oydinlik kiritishmoqda↓↓↓

O'yinda hisob qo'qonliklar fulbeki Mirjalol Qurbonovning super zarbasi bilan 5-daqiqada ochilgan↓↓↓

Biroq, o'yin yakuniga qadar G'ayrat Hasanov o'z darvozasidan 5 marta to'p o'tkazib yubordi.

Aleksand Pishur xet-trik qayd etgandi.

Bellashuvni 3,5 mingga yaqin muxlis stadionning o'zidan tomosha qilgan edi.

Quyida o'sha uchrashuv qaydnomasi bilan tanishib, urilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.
"Navbahor" 5:1 "Qo'qon-1912"
14.05.2016, 9-tur. Namangandagi "Markaziy" o'yingoh. 3451 tomoshabin.
Referi: Ilgiz Tantashev
Gollar:
0:1 - Qurbonov Mirjalol, 5
1:1 - Igor Golban (Anvar Rajabov), 24
2:1 - Aleksandr Pishur, 33
3:1 - Dilshod Jabborov (Azimov Sardor), 39
4:1 - Aleksandr Pishur (Dilshod Jabborov), 71
5:1 - Aleksandr Pishur (Aliev A'zam), 78
"Navbahor": Alibek Turobov; Aziz G'ulomxo'jaev; Xayrulla Karimov (Azizbek Turg'unboev, 80); Akrom Baxritdinov; Dilshod Jabborov; Anvar Rajabov (Vladislav Pavlenko, 64); A'zam Aliev; Sardor Azimov; Igor Golban; Tohirjon Shamsiddinov (Obid Jo'raboev, 60); Aleksandr Pishur.
"Qo'qon-1912": G'ayrat Hasanov; Mirjalol Qurbonov; Otabek Zokirov; Navruz Alimov (Nosir Otaqo'ziev, 46); Aziz To'xtaboev (Oybek Rustamov, 70); Sardor Qahhorov (Orif Mamajonov, 62); Furkatjon Hasanboev; Abdulloh Olimov; Iqbol Malikjonov; Oybek Nurboev; Abdulaziz Yusupov.
Ogohlantirishlar: Qurbonov Mirjalol, 9; Hasanov G'ayrat, 32; Karimov Xayrulla, 38; Pishur Aleksandr, 39; Baxritdinov Akrom, 45; Malikjonov Iqbol, 57; Golban Igor, 74
Shomurodovni Osiyoga tanitgan o'yin: O'zbekiston - Ummon 2:1 (Xayrulla Hamidov sharhi)



