Pirs Morgan MYUning Fergyusonga to'lovlarni bekor qilgani haqida: "Bu juda ayanchli"

Tolibjon Qosimov
16 okt 2024, 16:45
Pirs Morgan MYUning Aleks Fergyusonga munosabatini "g'aribona va ayanchli" deb atadi.

"Manchester Yunayted" harajatlarni qisqartirish maqsadida 82 yoshli Fergyusonga klub elchisi sifatida ishlash uchun to'lab kelingan yiliga 2 mln funt sterlinglik maoshni berishni to'xtatdi.

Ana xolos! MYU Aleks Fergyusonga "Old Trafford"da o'yindan keyin kiyinish xonasiga kirishni taqiqlab qo'ydi

"Yunayted"ning sobiq futbolchisi Erik Kantona bu qarorni tanqid qildi: "Ser Aleks hamisha men uchun boss bo'lib qoladi! Ularni esa axlat to'la katta qopga tashlayman!"

"Yaxshi aytdingiz, mese Kantona. Bu juda ayanchli", - deb yozdi boshlovchi va "Arsenal" muxlisi Morgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/piersmorgan