Pirogxo'r darvozabonga supermarketda ish taklif qilishdi

Tolibjon Qosimov
22 fev 2017
Angliyadagi supermarketlardan birining bo'lim boshlig'i Tessa Kellaxan "Satton Yunayted" sobiq darvozaboni Ueyn Shouga piroglar bo'yicha degustatorlik ishini taklif qilishganini aytib o'tdi.

125 kg vaznli 46 yoshli darvozabon yaqindagina klubdan ketgan edi. Sababi, Angliya futbol Assotsiatsiyasi uning futbol o'yinlariga pul tikkanligi borasida surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Angliya kubogi 1/8 finali doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yin paytida zaxira o'rindig'idan joy olgan Shouning pirog istemol qilayotgani kameralar tasviriga tushgan.

"O'sha o'yindan keyin Ueyn Angliyada piroglarning eng mashxur mutaxassisiga aylandi. Bizni uning taomlarga bo'lgan muhabbati ta’sirlantirdi", - deydi Kellaxan.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com