Pirlo A Seriyada "Inter"ning nima uchun ustun ekanligi haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
22 fev 2021, 09:13
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo "Krotone"ga qarshi bahs olidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz "Portu"ga qarshi o'yinda nimalar bo'lganini tahlil qilib chiqdik (1:2). Nima noto'g'ri bo'lganini bilamiz. 

Oldimizda muhim o'yin turibdi. Skudettoni qo'lga kiritish uchun harakatni davom ettirishimiz lozim. "Krotone"ni yutish oson emas. 

"Inter" A seriyaning asosiy favoriti deb o'ylamayman. Ularning ustunligi - jamoa boshqa turnirlarda qatnashmayapti va haftada faqat bitta o'yin o'tkazmoqda", - dedi Pirlo. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia