Pires: "Usman Dembele Fransiyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri. Ammo, futbolchi o'z tanasiga e'tibor berishi kerak"

Aslanov Jasurbek
25 noya 2021
Sobiq futbolchi Dembele haqida gapirdi.

"Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Rober Pires "Barsa"ning jarohatlarni "sevuvchi" futbolchisi Usmon Dembele haqida fikr bildirdi.

"Men Dembeleni Fransiyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri deb hisoblayman. Ammo, u jarohatlari tarixiga qarab, o'z tanasiga alohida e'tibor berishi kerak. Futbolchining hayoti shunday. Shu o'rinda, omadli bo'lish ham muhimligini aytib o'tish joiz. Lekin, baribir u o'z tanasiga e'tibor qaratishi shart. Muxlislar yaqinda u maydonga qaytganda Usmonni qarsaklar bilan kutib olishdi. Bu futbolchiga kuch beradi. "Formula-1"da ham, futbolda ham sportchi o'z tanasiga g'amxo'rlik qilishi kerak. Usman qanday ovqatlanishni, suyuqliklar istemol qilish va dam olishni yaxshi biladi. U duch kelgan muammolaridan to'g'ri hulosa chiqarishi kerak. Shundagina, u boshqa bunday qiyin jarohatlarga uchramaydi", -deydi Rober Pires.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport