Pioli: "Milan" o'z futbolini ko'rsata olmadi"

Mirjalol Normatov
12 dek 2021
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya doirasida "Udineze" bilan o'ynalgan durang haqida gapirdi.

"O'z futbolimizni ko'rsata olmadik. Raqibning tartibli himoyasi oldida keskin harakatlar ko'rsatishni, ularni yoyib yuborishning iloji bo'lmadi. Yaxshi qarshi hujum uyushtiradigan jamoadan gol o'tkazib yubordingizmi, ishlaringiz qiyinlashadi.

Ko'p golli vaziyat yarata olmadik, asosan ularning uchinchi hududida to'xtadik. Ammo nima bo'lganda ham hisobni tezroq tenglashtirishimiz kerak edi", - dedi Pioli.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport