PFL Zoom: Chempionat davom etadi, 3 ta o'yin qoldirilishi mumkin. Hamid Aktamovdan shedevr, "Paxtakor"ning murojaati

Tolibjon Qosimov
20 iyul 2020, 11:42
Bugun O'FA va PFL Superliga o'yinlari masalasida onlayn yig'ilish o'tkazmoqda.

Unga ko'ra chempionat davom etishi haqida ma'lumotlar bor. Faqatgina "Qo'qon-1912" - "Paxtakor", "Navbahor" - "Surxon" va "Qizilqum" - "Buxoro" o'yinlari qoldirilishi mumkin.

Qizig'i, yig'ilishda Muhsin Muhammadiev ham qatnashyapti. "Buxoro"ni tark etgan murabbiy "Zoom"da bor. Balki u Muhammadiev ismi bilan ochilgan akkaunt bo'lishi ham mumkin.

"Paxtakor" rahbariyati virusni berkitish kerak emasligini iltimos qilgan va ayrim klublarga murojaat bilan chiqqan.

"Qizilqum" vakili Hamid Aktamov shedevr gap bilan barchani chempionatni davom ettirishga chaqirgan. "Qirq yil qirg'in kelsa ham, ajali etgan o'ladi, chempionat davom ettirilishi kerak", - deydi Aktamov.

"Navbahor" turni qoldirilishiga etiroz bildirgan. Sababi jamoa kecha Toshkentga yetib kelgan. Yig'ilish haqida ijtimoiy tarmoqlarda ham ma'lumotlar tarqalmoqda.

Ayni paytda yig'ilish davom etmoqda, tafsilotlarni "Championat.asia"da kuting.


"Paxtakor"ning 5 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi va ular izolyaciya qilingan

"Buxoro"ning 8 nafar futbolchisida koronavirus infekciyasi aniqlandi

“Surxon” klubining ikki futbolchisi izolyaciyaga olindi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia