PFL xodimi OFKda malaka oshiradi

Sherzod Nurmatov
4 mar 2024
Qitaning turli associaciya hamda ligalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tajribasini oshirish va OFK ish faoliyatini yaqindan tanishtirish maqsadida yo'lga qo'yilgan Bilimlar almashinuvi dasturida o'zbekistonlik mutaxassis ishtirok etadi.

Liga Klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zoxirjon Akramxonov OFK qarorgohida malaka va tajriba oshirish o'tamoqda. Mazkur dastur doirasida Liga mutaxassisi qita futbol konfederatsiyasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, OFKning Musobaqalar va futbol tadbirlari boshqarmasi ishini o'rganmoqda. 



OFK vakillari futbol boshqaruvi, musobaqalarni tashkil etish hamda uchrashuvlarni o'tkazish bo'yicha o'z tajriba hamda bilimlari bilan bo'lishmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz