

Futbol uchrashuvlariga karantin cheklovlari tufayli muxlislar kirishiga ruxsat berilmagan bo'lsa-da, “Navbahor lochinlari” futbol klubi mazkur uchrashuvda stadionga muxlislar kiritilishiga yo'l qo'ygani ma'lum bo'ldi. Shu bilan birga, muxlislar tomonidan mehmon jamoa a'zolari va hakamlarni haqorat qilish holatlari yozib olingan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Bu bilan “Navbahor lochinlari” futbol klubi tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo'llash sharoitida professional futbol mashg'ulotlari hamda musobaqalarni tashkil qilish to'g'risidagi vaqtinchalik sanitariya-gigiena qoida va meyorlarining 4.23-bandi, shuningdek, Intizom kodeksining 5.38, 5.40-bandlari buzilganligi aniqlandi. Ushbu holatni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining Etika qo'mitasiga taqdimnoma yuborildi.



