

Jumladan, A guruhi 1-tur uchrashuvlari doirasida 10 fevral, dushanba kuni 13:00da O'FF suniy qoplamali maydonida o'tishi kerak bo'lgan o'yin Andijon – Mashal uchrashuvi 15:00ga ko'chirilgan va Obod stadionida bo'lib o'tadi.
V guruhi 1-tur uchrashuvlari doirasida 10 fevral, dushanba kui soat 13:30da Chig'atoyda boshlanishi kerak bo'lgan So'g'diyona – Bunyodkor-2 uchrashuvi 14:00da Bunyodkor akademiyasi maydonida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, 10 fevral kuni PFL Kubogi musobaqalari start oldi. 20 fevralga qadar davom etadigan musobaqada 16 jamoa ishtirok etmoqda.
Boshlanish vaqti va joyi o'zgargan uchrashuvlar
A guruhi, 1-tur
10 fevral, dushanba
15:00. Andijon – Mashal (Obod stadioni).
V guruhi, 1-tur
10 fevral, dushanba
14:00. So'g'diyona – Bunyodkor-2 (Bunyodkor akademiyasi).



