PFL “Iftixor”ga nima uchun texnik mag'lubiyat yozilganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2018, 15:22
Pro-Liga “B” guruhida ishtirok etuvchi Oltiariqning “Iftihor” futbol klubi bugungi 36-tur doirasidagi uchrashuvda o'z maydonida Toshkent viloyatining “Nurafshon” futbol klubiga qarshi maydonga tushishi kerak edi.

Ammo, mezbon jamoaning uchrashuvga kelmagani, reglament asosida uchrashuv rasmiylarini kutib olmagani, shuningdek, Tartib-intizom kodeksi 5-bob, 5.3 hamda 5.8 moddalari asosida “Iftihor” futbol klubiga ushbu uchrashuvda texnik mag'lubiyat yozildi.

Toshkent viloyatining “Nurafshon” futbol klubiga 36-turda texnik g'alaba yozildi.

Takidlash lozim, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Pro-Ligada ishtirok etuvchi “Iftihor” futbol klubini stadion infratuzilmasi, shuningdek, klubdagi kamchiliklar uchun ogohlantirgan  edi. Ammo, klub mutasaddilari ushbu ogohlantirishlardan xulosa qilmay, 36-turda mehmon jamoaga xurmatsizlik ko'rsatdi va uchrashuvga tashrif buyurmadi. Shuningdek, reglament asosida uchrashuvga 90 daqiqa qolganida mahalliy IIB hamda Tez yordam xodimlari kelmaganini, uchrashuv akti qilinmaganini takidlash lozim. Aynan mana shu holatlar inobatga olinib, “Iftihor” FKga uchrashuvda texnik mag'lubiyat yozildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz