PFL Seytlin va Agishevning o'rinlarini almashtirdi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2016
Oliy liganing 27-tur o'yinlariga tayinlangan hakamlar ro'yxatida o'zgarish yuzaga keldi.
Dastlab So'g'diyona – Qo'qon-1912 uchrashuvini Vadim Agishev, Neftchi – Buxoro  o'yinini esa Vladislav Seytlin boshqarishi e'lon qilingan edi.

Bugun PFL rasmiy sayti bu ikki o'yin hakamlarining o'rinlarini almashgani haqida xabar tarqatdi. Yani Seytlin Jizzaxga, Agishev Farg'onaga boradigan bo'ldi.

So'g'diyona (Jizzax) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
Hakamlar:
V. Seytlin (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), R. Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
 
Neftchi (Farg'ona) – Buxoro (Buxoro)
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi:
R. Aytekov (Toshkent).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia