PFL “Buxoro” futbol klubini jarimaga tortdi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2018
Futzal bo'yicha O'zbekiston XXII milliy chempionatining 14-turi doirasidagi “Neftchi” (Farg'ona) – “Buxoro” (Buxoro) hamda U-18 chempionatining 11-tur “Lokomotiv” (Toshkent) – “Buxoro” (Buxoro) uchrashuvlari o'tkazilmadi.

Bunga esa buxoroliklarning safar uchrashuviga bormaganligi sabab bo'ldi.

Futzal va U-18 chempionati Musobaqalar o'tkazish reglameniti asosida PFL “Buxoro” futbol klubiga o'zining futzal va U-18 jamoasini safar uchrashuviga yubormaganligi uchun Musobaqalar reglamenti, “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 1-bo'lim, 5.3 bandi bo'yicha jarima belgiladi.

Unga ko'ra, “Neftchi” – “Buxoro” (futzal) hamda “Lokomotiv” – “Buxoro” (U-18) uchrashuvlarida “Neftchi” va “Lokomotiv” jamoalariga texnik g'alaba, “Buxoro” jamoasiga esa texnik mag'lubiyat yozildi va “Buxoro” klubiga nisbatan moliyaviy jarima belgilandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz