

28 fevral – 1 mart kunlari bo'lib o'tadigan mazkur seminarda qitamiz futbol uyushmasiga a'zo 43 ta mamlakat futbol federatsiyalari hamda futbol ligalari vakillari, shuningdek, klublarning licenziyalash bo'yicha menejerlari bilan bir qatorda FIFA, UEFA va CAFning mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Seminar kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala – futbol klublari ish faoliyati va infratuzilmasini yaxshilashda licenziyadash jarayoni ahamiyati yuqori ekani va ortda qolgan 2018 yilgi mavsumda klublarni licenziyadan o'tkazish jarayonida ko'zga tashlangan yutuq va kamchiliklarni muhokama etib, yangi mavsumda Yevropa va jahon tajribasidan unumli foydalanish sanaladi.
Seminarda ishtirok etgan OFK bosh kotibi – janob Vindzor Jon so'nggi yillarda qitamizning barcha mamlakatlarida ham klublarni licenziyash jarayoni muhimligiga e'tibor qaratilayotganidan mamnun ekanini bildirib, licenziyalash talablari yuqori bo'lishi klublarning yaxshi infratuzilmaga ega bo'lishini taminlashini alohida qayd etdi.
Takidlash joiz, mazkur seminarda OFKning klublarni licenziyadan o'tkazish ishlarini muvofiqlashtirish qo'mitasi a'zosi sanaluvchi O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G'ofurov ham ishtirok etmoqda.
Seminarning birinchi kunida asosan FIFA vakillari licenziyalash jarayonining nozik jihatlari haqida batafsil ma'lumot berishdi. Ertaga esa ushbu jarayon qitamiz ligalarida qanday amalga oshirilayotgani, undagi yutuq va kamchiliklar muhokama etilishi ko'zda tutilgan.




