Peter Bosh: "Inter"da yaxshi jamoa bor, ammo biz ulardan o'tishimiz mumkin"

Alisher
10 avg 2020
"Bayer" bosh murabbiyi Peter Bosh Yevropa Ligasi chorak finali doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Arangisning yo'qligini bildirmaslikka harakat qilamiz. Charlining ushbu o'yinni o'tkazib yuborishi achinarli, sababi u juda yaxshi va muhim o'yinchidir. Ammo, oldin bo'lganidek u maydonga tusha olmagan payt, Charlining o'rniga munosib futbolchini topamiz deb o'ylayman.

Biz hech kimdan qo'rqmaymiz, ammo raqiblarni doim hurmat qilamiz va "Inter" kuchli jamoa ekanligini ham bilamiz. Biz buni A Seriyada va albatta Yevropa Ligasida ham ko'rdik. Xullas ularda yaxshi jamoa bor, ammo biz ulardan o'tishimiz mumkin. Bizda har o'yinda gol uradigan jamoa bor", - deydi Bosh.

Eslatib o'tamiz, Yevropa Ligasi doirasidagi "Inter" - "Bayer" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Dyusseldorfda boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com