"Persepolis" - "Nasaf". Bugun o'yinoldi tadbirlar bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2018
Bugun “Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

Dastavval, mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan 13:30da) jamoalar menejerlari yig'ilishi tashkil etiladi. Unda tashkiliy masalalar qatori, jamoalarning ertaga qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi. Yig'ilish Eron Islom Respublikasi futbol Federatsiyasi qarorgohida bo'lib o'tadi.

Soat 13:30da (Toshkent vaqti bilan 15:00da) "Nasaf" ustozi va futbolchisi ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi.

Soat 14:00da (Toshkent vaqti bilan 15:30da) esa “Persepolis” klubi  vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Bugun soat 17:15da (Toshkent vaqti bilan 18:45da) “Ozodiy” stadionidagi “Nasaf”ning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz