Perishich "Inter" bilan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Nega?

Alisher
7 noya 2021, 11:57
Yarim himoyachi Ivan Perishich "Inter"dan ketmoqchi.

32 yoshli xorvat klub shartlariga ko'ra bitimni uzaytirmoqchi emas. Milan rahbariyati Perishich qolishni xohlasa, maoshining pasayishiga rozi bo'lishini istamoqda.

Vinger hozirda bir mavsumda 5 mln evro ishlab topadi. "Inter" bu narx 3 mln evroga qadar tushishini xohlamoqda.

2022 yilning yozida xavbekning shartnomasi yakunlanadi, tomonlar esa uni uzaytirishni rejalashtirmayapti.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport