

Qirollik klubi rahbariyati mag'lubiyatga Andrey Luninning aybi bor deb hisoblamoqda va uning o'rniga boshqa darvozabon olib kelmoqchi. Madridliklar qishki transfer oynasida Lill darvozaboni Lyuke Shevaleni sotib olmoqchi.
Ma'lumot uchun, Lyuke Shevale joriy mavsum 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda 15 bor gol o'tkazib yubordi va 7 ta uchrashuvda o'z darvozasining daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarket nashri 22 yoshli futbolchini 25 million evroga baholamoqda.




