Pep Gvardiola: "Agarda "Manchester Siti" YCHLga yo'llanma olmasa, hayot tugamaydi"

Mirjalol Normatov
7 mar 2025
Pep Gvardiola "Manchester Siti"ning YCHLga chiqa olmasligini falokatli holat deb hisoblamasligini aytdi.

"Katta klublarda doimo bosim bo'lib kelgan. Biz YCHLga chiqishni istaymiz, biroq bu amalga oshmasa dunyo tugab qolmaydi. Biz buning uchun etarlicha darajada bo'lmaganimizni va boshqalar bunga munosibligini tan olamiz.

Hozirgi holatimiz ideal emas, biroq yomon ham emas. Barchasi o'z qo'limizda va YCHL uchun kurashamiz", - dedi Gvardiola.

Ayni damda "Manchester Siti" APL turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: City Xtra