Penaltini Yelichga bergan Temurxo'ja, tribunadagi "shpionlar" va chiroyli gollar. FOTOMAQOLA

Tolibjon Qosimov
5 apr 2019
Kecha Superliga 3-tur bellashuvlariga start berildi.

Toshkentda amaldagi chempion "Lokomotiv" "Andijon"ni qabul qildi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Chiroyli gollar kiritilgan bellashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Superliga. “Lokomotiv” “Andijon”ga javobsiz to'rtta gol urdi

Foto: Tolibjon Qosimov

Uchrashuvga Andijondan kelgan muxlislar.


"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'yinni bevosita stadiondan kuzatib bordi va raqiblarni qisman o'rgandi.


"Shpion" murabbiylarning ikkinchisi "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev. Qarshiliklar bilan bir necha yillar birga ishlagan darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov ham Berdiev bilan birga. Ular "Paxtakor" va "Nasaf" o'rinbosarlarining Qibrayda o'tkazilgan bahsidan qaytishda "Lokomotiv" stadioniga ham kirib o'tishdi:)


Quvnoq Babayan.


Igor Yelich penalti tepishni Temurxo'ja Abduxoliqovdan iltimos qildi va uni golga aylantirdi. Keyin esa golini qiz o'rtog'iga bag'ishladi.


Bu esa Yelichning tribunada o'tirgan qiz o'rtog'i.


Temurxo'ja garchi to'purar bo'lish uchun kurashni boshlab yuborgan bo'lsa-da penaltini Yelichdan qizg'onmadi va 3 daqiqa o'tib nozik gol bilan mukofotlandi.


Zaxiradan tushgan Jamshid Iskanderov ham maydonni golsiz tark etmadi. U havodan ohista uzatilgan to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, ammo o'sha vaziyatdan goldan ham ko'ra Sardor Mirzaevning pasi chiroyliroq chiqdi. Har ikki futbolchiga ham tasanno.

 


Chiroyli gollar kiritilgan bellashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Ildar Sakaev: "Barchasiga men aybdorman" 

Andrey Fyodorov: "Ikki futbolchimda jarohat bor" 


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia