Pellegrini "Roma" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Alisher
9 sen 2021, 14:53
"Roma" yarim himoyachisi Lorenco Pellegrini yangi shartnoma imzolaydi.

25 yoshli italiyalik futbolchi kelasi hafta yangi shartnomaga imzo chekadi.

Unga ko'ra, shartnomadan 30 million evro miqdoridagi xarid qilish narxi olib tashlanadi, Lorenconing maoshi esa yiliga 3 million evroni tashkil etadi.

Pellegrini o'tgan mavsum "Roma" tarkibida 47ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira