Pellegrini: "Bir vaqtning o'zida ham VAR ham "Real"ga qarshi kurashish juda qiyin"

Mirjalol Normatov
27 sen 2020
"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini LaLiga doirasida "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ikkinchi bo'limda mezbonlar futbolchisi Emersonga qizil kartochka ko'rsatildi. "Real"ning g'alaba to'pini esa Serxio Ramos penaltidan keyin kiritdi. Ikki holatda ham arbitr VAR orqali qaror chiqardi.

"Real"ga qarshi o'ynayotganda VAR ortiqchalik qiladi. Birinchi bo'limda "Real"dan yaxshiroq o'ynadik. Ikki gol urdik va yana 3 vaziyatga ega bo'ldik. "Real"ga qarshi o'ynayotganda VAR orqali darvozangizga penalti tepilishiga tayyor turishingiz kerak ekan. Bir vaqtning o'zida ham "Real" ham VARga qarshi kurashish juda qiyin", - dedi Pellegrini.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal