Pedro: "Chempionlik uchun "Barselona" va "Atletiko"ning imkoniyatlari teng"

Aziz Tukhtamuradov
8 may 2014
Barselona futbolchisi Pedro kataloniyaliklar safida qolishni istashi hamda Elche va Atletikoga qarshi bo'ladigan o'yinlar borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Men "Barselona"da qolishni istayman. Lekin, barcha narsa mening qo'limda emas. Men hotirjamman va o'zimga ishonaman. Ayni paytda yakshanba kungi o'yinga bor e'tiborimni qaratganman.

Hozirda liga favoriti deb "Atletiko"ni aytish mumkin. Lekin, biz "Elche"ni mag'lubiyatga uchratadigan bo'lsak, o'z muxlislarimiz oldida madridliklarga qarshi bo'ladigan o'yin bizni kutib turibdi. Shu sababli, imkoniyatlarimiz 50:50", - deydi Pedro.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru