

Agarda "Vest Xem" APLda qolish vazifasini bajara olmasa, unda Dimitri Payet 15 million funt sterling evaziga boshqa klubga o'tishi mumkin.
Bu futbolchining shartnomasida alohida ko'rsatilgan.
"Vest Xem" klubi esa Payetga yangi shartnoma taklif qilmoqda va muzokaralar o'tkazilmoqda.
Ayni paytda Payet "Vest Xem"da eng ko'p maosh oladigan futbolchi sanaladi. Fransiya terma jamoasi futbolchisining maoshi haftasiga 125 ming funt sterlingni tashkil etadi.



