"Paxtakor"ning yirik g'alabasi qayd etilgan poytaxt derbisidan 11 fakt

"Paxtakor" Superliganing 25-turida "Loko" maydoniga safar uyushtirib, yirik hisobda zafar quchdi.

Poytaxt derbisiga oid qiziqarli ma'lumotlarni to'pladik.

1. Hojimat Erkinov Superligadagi ilk xet-trigini rasmiylashtirdi.

2. Toshkent derbisini boshqargan Dostobek Mirzaraimov Superligadagi debyutini nishonladi. Farg'onalik referi 28 yoshda.

3. Javohir Ilyosov bu mavsum 3-jamoadan 1 o'yinda 3 ta gol o'tkazib yubordi ("Bunyodkor", "Metallurg").

4. "Paxtakor" bu yil o'tgan poytaxt derbilarining barchasida zafar quchdi. Eslatib o'tamiz, "sherlar" yakuniy turda "Bunyodkor" maydonida mehmon bo'ladi.

5. "Lokomotiv" "Paxtakor"ni 2018 yildan beri yuta olmayapti.

6. "Paxtakor" so'nggi 4 o'yinda "temiryo'lchilar" darvozasiga 13 ta to'p kiritdi.

7. "Paxtakor" bu mavsum 10-o'yinda maydonni (kamida) 3 ta gol bilan tark etdi.

8. "Lokomotiv"ning o'z maydonida 7 uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi.

9. PFL rasmiy sayti ma'lumotiga ko'ra, G'ulomhaydar G'ulomov mavsumda 4-bor ogohlantirildi. Demak, yarim himoyachi oxirgi turda "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqolmaydi.

10. "Paxtakor" tarkibida ogohlantirilgan Farruh Sayfiev va Abror Ismoilov ham 26-tur bahsida jamoasiga yordam berolmaydi (PFL).

11. Poytaxt derbisini 911 nafar muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi.

Sanjar Tursunov "So'g'diyona"ga qarshi o'ynamaydi (Qo'qondan 11 ta fakt)


Manba: championat.asia