"Paxtakor"ning Tbilisining "Dinamo" klubiga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotidan GALEREYA

Narzulla Saydullayev
15 fev 2022, 10:35
"Paxtakor" 14 fevral kuni "Susesi Sport Center"da mashg'ulot o'tkazdi.

Yig'inga kelgan barcha futbolchilar mashg'ulotda to'liq ishtirok etishdi. Slavche Voyneski boshchiligidagi jamoa asosan jismoniy mashqlar va taktik ishlanmalar ustida ishladi.

Ushbu mashg'ulot davomida "Mikrofon" loyihasining 2-soni tasvirga olindi. Tez orada uni saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Ma'lumot uchun, "Paxtakor" bugun, 15 fevral kuni Tbilisining "Dinamo" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
 




Tolibjon Qosimov

Antaliya, Turkiya


Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia