

Toshkentning "Paxtakor" klubi Mahamadjonovni ijaraga oldi. Mahmud Mahamadjonov joriy mavsum Superliga bahslarida 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida bittadan gol va golli uzatma bor.
Avvalroq "Bunyodkor" klubi transfer haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligini ma'lum qilgandi.



