"Paxtakor" va "Nasaf" ishtirokidagi super o'yindan FOTOMAQOLA

Tolibjon Qosimov
6 apr 2019
Superliga 3-turining markaziy o'yinida "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari Toshkentda o'zaro bellashishdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Shota Arveladze va Ro'ziqul Berdiev shogirdlari muxlislarga chinakam super o'yinni namoyish etib berishdi. "Paxtakor" stadionida kechgan va voqealarga boy o'tgan bellashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Superliga. "Paxtakor" so'nggi daqiqalarda gol urib "Nasaf"ni mag'lub etdi

Foto: Tolibjon Qosimov

Uchrashuvni kuzatish uchun Qarshidan kelgan muxlislar.


"Nasaf"ning boshlang'ich tarkibi.


"Paxtakor"ning boshlang'ich tarkibi.


Islom Kenjaboev juda faol bo'ldi, tezlikda esa qanotidagi raqib himoyachisi Farruh Sayfievdan osongina qochib ketaverdi.


Hakamlar brigadasi shunday ajoyib o'yinning "tamini" buzib qo'yishdi.


Mana bu holatda esa ko'pchilik penalti so'radi, aslida esa suratda ko'rib turganingizdek Kenjaboev jarima maydonchasiga kirmay turib yiqitilgan.


Sanjar Quvvatov jamoasi joniga oro kirdi, agar u Murtazoevning birga-bir vaziyatda bergan zarbasini qaytarmaganida voqealar rivoji tamom ila boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi.


"Nasaf"ning yosh o'yinchilariga tasanno, shunchaki qarsak chalib qo'yamiz.


Islom Kenjaboev esa chiqib ketgan elkasi bilan o'yinni davom ettirmoqchi bo'ldi. Ammo, bo'lmadi. Jarohat bilan bahsni davom ettirish imkonsiz va u almashtirildi.


Sal turib esa Islomni tibbiyot mashinasida shifoxonaga olib ketishdi. Kenjaboevga salomatlik tilab qolamiz.


Berdievning "Paxtakor" g'alaba to'pini kiritganidan keyingi reakciyasi.


Boya yozganimdek, hakamlar o'yinni buzib qo'yishdi. Asablar ham shunga yarasha...


Mana o'sha qahramonlar.


Shu kuni hech kim mag'lubiyatga haqli emasdi. Har ikki jamoa ham g'alabaga mos o'yin ko'rsatdi. Mana bu yigitlar esa o'z o'yinlari bilan ularga umid ko'zi bilan qarashimiz mumkinligini ko'rsatib berishdi.



"Paxtakor" stadionida kechgan va voqealarga boy o'tgan bellashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor"ga hakamlarning yordami kerak emas" 

Shota Arveladze - hakamlik, "Nasaf" va tarkibdagi muammolar haqida 


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia