"Paxtakor" va "Lokomotiv" futbolchilari jarimaga tortildi

Tolibjon Qosimov
2 okt 2018
O'zbekiston kubogi 1/4 final bosqichi doirasidagi "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvining 42-daqiqasida "Lokomotiv" jamoasi futbolchisi Sadriddin Abdullaev raqibi Dragan Cheranga bosh bilan zarba berib, uning maydonga yiqilishiga sababchi bo'lgandi.

Vaziyatga yaqin turgan uchrashuv bosh hakami Ahrol Risqullaev "Lokomotiv" vakili Sadriddin Abdullaevni qizil kartochkaga munosib ko'rib, uni maydondan chetlatgandi.

"Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvining 42-daqiqasida yuz bergan mazkur vaziyat atroflicha o'rganib chiqildi. Natijada, Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo'lim 5.45 bandining "I" qismini qo'pol ravishda buzganligi uchun "Lokomotiv" jamoasi futbolchisi Sadriddin Abdullaev navbatdagi ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatildi hamda unga nisbatan 10 000 000 (o'n million) so'm miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, o'sha vaziyatda professional futbolchiga xos bo'lmagan hatti-harakat bilan provakaciya boshlagani uchun "Paxtakor" a'zosi Dragan Cheran 5 000 000 (besh million) so'm miqdorida jarimaga tortildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz