

Yarim finalda "Kaluga"dan 4:1 hisobida ustun kelgan tarbiyalanuvchilarimiz finalda Minskning "Dinamo" jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Birinchi bo'limda Temur Mamasiddiqov tomonidan kiritilgan yagona to'p "Paxtakor"ning ushbu musobaqada ketma-ket ikkinchi marta zafar quchishini taminladi. Igor Chikrizov tashkilotchilar tomonidan turnirning eng yaxshi hujumchisiga atalgan mukofotni qabul qilib oldi.




